Yerda joy qolmadimi?…

Buyuk Britaniyadagi «Beaulieu» daryosi yaqinida yashovchi Stefen Tyurner yangicha ko‘rinishdagi qayiq yaratdi. Bunda unga «PAD studio» va «The SPUD group» kompaniyalari yordam berdi.

Qayiqning nomini «Exbury egg» («egg» – ingliz tilida «tuxum») deb atashdi. Chunki, uning ko‘rinishi rostdan ham tuxumga juda o‘xshab ketadi. Qayiq uzoq vaqt jumladan, 730 kun suv ustida va yana 365 kun davomida shamol, yomg‘ir, qor hamda issiq quyosh taftida sinovdan o‘tdi.

Tuxum-qayiq chetidan tortib qirg‘oqqa bog‘lab qo‘yiladi. U esa suv to‘lqinlari ustida tebranib, kishiga huzurbaxsh etadi.

Qayiqning ichkari qismi zamonaviy jihozlangan: tebranma yotoq, mustahkam stol, issiq pech va albatta, quruq xona.

Tepasida quyosh batareyasi joylashtirilgan bo‘lib, noutbuk, fotoapparat yoki mobil telefonlarni zaryadlash uchun elektr tizimi ham mavjud.

Yana o‘qing:  Kir yuvish mashinasi o‘rnini bosuvchi sumka

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: