Kitobxon oyligi
Yaqinda Sergeli tumanidagi 300-umumta’lim maktabida “Noyabr – Islom Karimov asarlarini o‘rganish kitobxonligi oyligi” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi metodistlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda 7-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” hamda “Ona yurtimiz baxtu iqboli va kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli asarlari bo‘yicha olgan tassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Marhabo QURBONOVA