Huquqbuzarlik profilaktikasi yoshlar tashkiloti nazorati ostiga olindi

Bugun “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Quronboyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, viloyat, tuman(shahar) Kengashlari raislari, viloyat, tuman, shahar hokimliklari, ichki ishlar tizimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, qolaversa, yoshlar siyosatigaaloqador barcha davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi.

Yig‘ilishda 15-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektorda ko‘tarilgan masalalar tahlil qilindi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi kamchiliklar tumanlar negizida tanqidiy o‘rganildi.

Har qanday huquqbuzarlik va sodir etilgan jinoyatning og‘ir oqibatlarini yoshlarga keng tushuntirish o‘ta muhim jihat ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, diniy ekstremizm va aqidaparastlik kabi salbiy illatlarning mohiyati muhokama qilindi.

Yoshlar ittifoqi tashabbusi va qator tashkilotlar hamkorligida ko‘ngilochar joylarda, kafe-restoranlarda, internet-kafelarda o‘tkazilayotgan tungi reydlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga, ota-onalarga, ta’lim muassasalaridagi pedagoglarga to‘laqonli tushuntirish olib borilishiga ko‘rsatma berildi.

Qolaversa, yig‘ilishda ushbu masalada loqaydlikka va beparvolikka yo‘l qo‘ygan bir guruh tizimdagi mas’ul shaxslar egallab turgan lavozimidan olindi.

— Bizga bugun tom ma’noda, fidoyi va jonkuyar, vatan taqdiri bilan nafas oladigan yetakchilar kerak. Ishlamaydigan, kuyunmaydigan boqimanda rahbarlarni olib o‘tirishimiz uchun hech qanday asos yo‘q, — dedi yig‘ilishda Yoshlar yetakchisi Q.Quronboyev. — Ularning o‘rniga fidoyi, ishlayman degan yoshlarni qo‘yamiz. Bizga amaliy natija kerak.

Bu borada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Bevosita muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda ishtirok etgan turli davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari ham yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuning barobarida o‘zlari sevgan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli sharoit yaratish kabi voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda muhim bo‘lgan takliflarini berishdi.

Yig‘ilishda huquqbuzarlik profilaktikasi yoshlar tashkiloti nazorati ostiga olingani ma’lum qilindi.

yi.uz

Yana o‘qing:  Abituriyentlar Oliy ta’lim muassasalarimizga rekord darajada hujjat topshirdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: