Quyosh energiyasida ishlovchi dastlabki soat

Bir guruh san-fransiskolik konstruktorlarning sa’y-harakatlari natijasida quyosh panelli, nafaqat oddiy soat, balki haqiqiy “Smartwatches” yaratilish arafasida. Ushbu ixtiroga “LunaR” nomi berildi.

Ushbu soat ekraniga o‘rnatilgan bitta quyosh paneli yordamida quvvatlantiradigan kichik litiy-ionli akkumulyatorda ishlaydi. Dizayni oddiy va ixcham, ekrani LED yoritgichga ega. U ko‘p amal va funksiyalarni bajaradi. LunaR yordamida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mumkin, U Apple Health va Google Health kabi nomdor servislar bilan bog‘lana oladi. Yana u sohibining uyqusi va jismoniy faolligini nazorat qilish imkoniyatiga ega.

Sayyoramizning turli burchaklariga sayohat qilishni yoqtiruvchi insonlarga xush keladigan bu soatning yana bir funksiyasi, uning mahalliy vaqtga avtomatik tarzda o‘tishidir. Eng asosiysi bu buyumning akkumulyatori ham tabiiy, ham sun’iy yorug‘likdan quvvatlanishi mumkin.

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Eng xavfli xastalik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: