Ixtiyoriy ishdan ketish mumkinmi?

Bir necha yildan beri kasalxonada buxgalter lavozimida ishlab kelayotgandim. Yaqinda menga yaxshiroq sharoitga ega ish tavsiya etishdi. Shuning uchun rahbarimizdan ishdan bo‘shatishni so‘radim. U men xohlasam bo‘shataman, bo‘lmasa yo‘q, deb arizamni rad etdi. O‘z xohishim bilan ishdan ketishga haqli emasmanmi?

Zokir ShODIYEV, Toshkent shahri


– Mehnat shartnomasini ish beruvchi bilan kelishgan holda bekor qilishning imkoni bo‘lmayotgan bo‘lsa, buni “Mehnat” kodeksida belgilangan tartibda hal qilish mumkin. Xususan, kodeksning 99-moddasiga ko‘ra xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart.

Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin.

Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo‘lsa, xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza o‘z kuchini yo‘qotadi. Bunday holda mehnat shartnomasini shu arizaga muvofiq bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishining imkoni yo‘qligi (o‘quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollar) bilan bog‘liq bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak.

Savolga Shayxontohur tumani 7-davlat notarial idorasi notariusi

Iroda MUSTAFOYEVA javob berdi.

Yana o‘qing:  Kuz ilhomlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: