Kitob taqdimoti

Poytaxtimizdagi “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida iste’dodli ijodkor Maryam Ahmedovaning “Mehrim baxshida” va “Tabiat bilan uyg‘unlikda” kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda qatnashgan adabiyotimizning taniqli vakillari, yosh kitobxonlar M. Ahmedovaning ijodiga xolis baho berish bilan birga bugun mamlakatimizda noshirlik sohasi va kitobxonlikka ko‘rsatilayotgan e’tibor borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

– Bugun o‘zbek matbuotiga davr ruhini tezkorlik bilan his qilib, jamiyatimizda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, yangilanishlarni tiyran nigoh bilan tahlil qila oladigan hozirjavob publitsistlar juda zarur, – deydi taniqli ijodkor Amir Xudoyberdiyev. – Maryam Ahmedova qalami o‘tkir jurnalist va iste’dodli ijodkorlardan. Uning kitobida badiiy publitsistik, ilmiy-tanqidiy va dolzarb mavzudagi maqolalari jamlangan. Kitobni mutolaa qilarkansiz, Vatanimiz betakrorligi, yildan-yilga obod bo‘layotgan shahar va qishloqlarimiz, go‘zal tabiat manzaralari ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Yurtimizdagi arxeologik yodgorliklar, muqaddas qadamjolar, tabiat va nabotot dunyosi haqida ham bir talay ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

40 ga yaqin maqolalar jamlangan “Tabiat bilan uyg‘unlikda” to‘plamida ekologik xavfsizlik, quyosh energiyasidan foydalanish, ona sayyoramizni global iqlim o‘zgarishlaridan asrab-avaylash, havoni ifloslantirmaslik, toza ichimlik suvi qadriga yetish zururligi kabi mavzularga alohida e’tibor qaratilgan.

Bir so‘z bilan aytganda kitob bugungi kundagi dolzarb muammolarni dadil ko‘tarib chiqqanligi bilan kitobxonlarni befarq qoldirmaydi.

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Mahallamizda Navro‘z

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: