O‘zbekiston – bezgakdan xoli hudud

Oxirgi yillarda bezgak eliminatsiya qilingan 7 ta mamlakat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh direktori tomonidan xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Bular Birlashgan Arab Amirliklari, Marokash, Turkmaniston, Armaniston, Maldiv orollari, Shri-Lanka va Qirg‘iziston. Yaqin kunlarda mamlakatimiz ham ushbu davlatlar qatoridan joy egallash arafasida turibdi.

Xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritish mamlakatimiz uchun turli sohalarda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda JSSTning ko‘magi bilan bu bo‘yicha respublika hududida qator ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida bezgakka qarshi kurash va eliminatsiya (bartaraf etish) borasida erishilgan yutuqlar va bezgak eliminatsiyasi bo‘yicha xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritish” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anumanida ushbu mavzuga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mamlakatimizda ketma-ket uch yil davomida bezgakning birorta ham mahalliy holatlari ro‘yxatga olinmaganligi, xastalik eliminatsiyasini sertifikatlashtirish uchun JSSTga ariza bilan murojaat qilinishiga mezon bo‘la oladi. Bezgak eliminatsiyasi bu – ma’lum hududda maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida ushbu xastalikning mahalliy holatlari bartaraf etilishidir.

– O‘zbekiston Respublikasida chora-tadbirlarni maqsadli amalga oshirilishi natijasida 2011 yildan buyon bezgakning mahalliy holatlari ro‘yxatga olinmadi. Respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, xastalikka qarshi kurashdan eliminatsiyaga qarab hamda bugungi kunda ushbu kasallikni qayta tiklanishining oldini olish bo‘yicha milliy dastur ketma-ket amalga oshirildi, – deydi Respublika DSENM bosh vrachi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov. – 2017 yil 22 avgustda Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zbekiston Respublikasida 2017–2021 yillarda bezgakni qayta tiklanishni oldini olish Milliy strategiyasi” to‘g‘risidagi buyrug‘i tasdiqlandi. O‘tgan yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan JSSTga bezgak eliminatsiyasini sertifikatlashtirishga tayyorgarlik bo‘yicha ariza berildi.

Ushbu xastalik inson sog‘lig‘i va hayotiga katta xavf tug‘diruvchi yuqumli kasallik hisoblanadi. Xastalik qo‘zg‘atuvchilari oddiy parazitlar bo‘lib, sog‘lom odamga zararlangan urg‘ochi Anofeles chivinlarining chaqishi natijasida yuqadi. Bezkak o‘tkir isitma bilan kechadigan kasallikdir. Uning oldini olish va davolash mumkin. Lekin kasallik aniqlangandan so‘ng 24 soat ichida davolash muolajalari o‘tkazilmasa, ayniqsa, tropik bezgak kasalligi (P. Falciparum) og‘ir asoratlar, hatto, o‘lim bilan yakun topishi mumkin.

2015 yilda dunyo aholisining yarmida ushbu kasallikka chalinish ehtimoli mavjud bo‘lgan. Dunyoning 91 ta mamlakat va hududlarida bezgakning tarqalishi davom etgan.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

JSSTning so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra yil davomida 212 million bezgak kasalligi holati va 429 ming o‘lim holati qayd etilgan. 2010–2015 yillarda ushbu xastalik dunyoda 21 foizga, undan o‘lim holati 29 foizga kamayishi kuzatilgan.

2001 yildan boshlab butun dunyoda 6,8 million bezgak kasalligidan o‘lim holatlarining oldi olindi. Uning 90 foizi va o‘lim holatlarining 92 foizi Afrika qit’asi davlatlariga to‘g‘ri keladi.

2015 yil may oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti assambleyasida “2016–2030 yillarda bezgakka qarshi Global tenik strategiya”si dasturi qabul qilindi. Unga ko‘ra 2030 yilgacha kasallik ko‘rsatkichlarini 90 foizga kamaytirish, 35 mamlakatda bezgak eliminatsiyasiga erishish hamda undan xoli bo‘lgan barcha mamlakatlarda xastalikning qayta tiklanishining oldini olish belgilangan.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

N. NORBOBOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: