Imtiyozli tibbiy yordam olish huquqi ro‘yxati 16 pozitsiyagacha kengaytirildi

Davlat byudjetidan imtiyozli tibbiy yordam oladigan fuqarolar ro‘yxati 16 pozitsiyagacha kengaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 30 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmonida keltirilgan.

Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazlari (RIIATM) ro‘yxatida tilga olingan barcha fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatadilar.

Ro‘yxatga 18 yoshgacha bolalar, homilador ayollar, endokrin kasalliklaridan aziyat chekuvchlar, onkologik kasalliklarga chalinganlar, silga chalinganlar, jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklardan jabr ko‘rganlar fuqarolar kiritilgan. Bu toifaga kiruvchi barcha fuqarolar davlat hisobidan tibbiy yordam oladilar. Ro‘yxatga harbiy chaqiriq komissiyalarining yo‘llanmasini olgan harbiy xizmatga chaqiriq yoshidagilar ham kiritilgan. Shuningdek, fuqarolalar o‘zini-o‘zi boshqarish idoralarida moddiy yordam oluvchi va kam ta’minlangan oilalar a’zolari sifatida hisobda turuvchilarga ham bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Yana o‘qing:  Sog‘liqni saqlashda samarali hamkorlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: