Bilimlar bellashuvi: izlanganga ilm yor

Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy tizimdagi yangilanishlar zamirida hayotimizning asl mazmuni – farzandlarimizning barkamol turmush tarzini yaratishdek ezgu maqsad mujassam. Barcha sa’y-harakatlarimizning negizida yoshlarimizni ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom etib voyaga yetkazish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini yaratish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi. Zero, Yurtboshimizning «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart» degan da’vati alohida qimmatga egadir.

Poytaxtimizda «Bilimlar bellashuvi – 2013» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi boshlandi. Unda tanlovning ­Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bos­qichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etmoqda.

An’anaviy «Bilimlar bellashuvi» Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablar bajarilishini atroflicha o‘rganish va tahlil etish, umumta’lim maktablari va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari faoliyatiga xolisona baho berish, o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini quyi sinfdan aniqlash va rivojlantirish, shuningdek, maktabda sog‘lom raqobatni tashkil etish orqali ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga yo‘naltirilgan.

Ushbu bilimlar bellashuvining birinchi (maktab) bosqichi 2012 yil dekabr-yanvar oylari, ikkinchi (tuman) bosqichi yanvar-fevral oylarida hamda uchinchi (viloyat) bosqichi mart ­oyining oxirgi o‘n kunligida o‘tkazilgan edi.

Joriy yilgi tanlovni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yuqori saviyada tashkil etish maqsadida bilimlar bellashuvi o‘tkaziladigan o‘quv predmetlari nemis, fransuz, huquq va iqtisod fanlari hisobiga yanada ko‘paytirildi. Sinov jarayoniga yozma ish, laboratoriya mashg‘ulotlari, xorijiy tillar bo‘yicha yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan nazorat turlari kiritildi.

Ushbu bellashuvning nufuzi maktab o‘quvchilari orasida yildan yilga oshib bormoqda. Mazkur tanlov bo‘yicha metodik tavsiyalar, nazorat materiallarining namunalari ishlab chiqilib, vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. Bu yilgi tanlovda 1 million 950 ming nafardan ortiq 5-8-sinf o‘quvchisi ishtirok etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 690 ming nafar o‘quvchi ko‘p deganidir. Yakuniy bosqichda esa 522 nafar o‘g‘il-qiz o‘z bilimini sinovdan o‘tkazmoqda.

28 iyunga qadar davom etadigan tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilari Toshkent viloyatidagi «Yozgi intellektual oromgoh»da dam olishadi. Ular uchun tajribali pedagoglar, professor-o‘qituvchilar, olimlar, madaniyat va san’at namoyondalari ishtirokida kechalar, mahorat saboqlari, viktorinalar va musobaqalar tashkil etiladi.

Yana o‘qing:  DUOGO‘Y KEKSALAR – BAXTU SAODATIMIZ

– Men ushbu tanlovda qatnashayotganimdan xursandman, – deydi Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 6-sinf o‘quvchisi Ulug‘bek Shamsiyev. – Ustozlarimning menga bo‘lgan ishonchini oqlashga va berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qilaman.

Tabiiyki, bugungi avlod oldiga davr yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Kelajakda ular o‘z bilim va salohiyatlari bilan ona Vatanning porloq va buyuk kelajagini bunyod etishga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz.

Navro‘z NORBOBOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: