BOLALAR SPORTI ISTIQBOLLARI

Yurtboshimizning “Hech bir soha mamlakatni sportchalik tez dunyoga mashhur qila olmaydi” degan iborasi bejiz emas. Darhaqiqat, sport har qaysi mamlakat, har qaysi davlatni olamga tanitadigan beqiyos vositadir.

Xalqaro maydonlarda sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar qalbimizda g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ona Vatanimizga muhabbat hissini yanada yuksaltiradi. Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli ishlar natijasida o‘g‘il-qizlar muntazam shug‘ullanadigan sport turlarining soni ortib bormoqda. 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar 2005-yilda 43 turdagi mashg‘ulotlarga qatnagan bo‘lsa, bugungi kunda ular 59 ta sport turi bilan shug‘ullanmoqda.

Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan sport maktablari nafaqat sog‘lom avlodni shakllantirishda, balki ko‘plab musobaqalarda Vatanimiz nomini butun dunyoga tanitishga hissa qo‘shayotgan chempionlarni yetishtirishtirib bermoqda.

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 40-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida ta’lim olayotgan yosh sportchilar ham xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Mazkur muassasada 405 nafar o‘g‘il-qiz turli sport turlari bo‘yicha tahsil oladi. Muassasada o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, o‘z mahoratlarini namoyon qilishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Sport maktabida o‘quvchi yoshlarga o‘z kasbining mohir o‘qituvchilari ta’lim berib kelishmoqda. 2015-yilda respublika miqyosidagi musobaqalarda 43 nafar o‘quvchi qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritishida ham aynan ustozlarning xizmatlari katta. Yoshlar o‘rtasida kombat aykido sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kubogida Jamshid Hidoyatov 1-o‘rin sovrindori bo‘lsa, akademik eshkak eshish bo‘yicha Respublika kubogida Shamsiddin O‘lmasov, Abdulaziz Tursunaliyev, Umid Toshpo‘latov kabi bir qancha o‘quvchilar faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ta’lim dargohida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar nafaqat respublika, balki xalqaro musobaqalarda ham sovrindorlar safidan o‘rin olmoqda. Xususan, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida Ernest Irnazarov mamlakatimiz sharafini himoya qilib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘quv dargohida barcha sport turlari qatori, futbolga ham alohida e’tibor qaratiladi. Buning yaqqol isbotini Buxoro shahridagi futbol bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda 2000–2001-yilda tug‘ilgan muassasa o‘quvchilari 3-o‘rinni qo‘lga kiritishgani bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, kombat aykido bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogida yosh sportchilar munosib ishtirok etib, jami 15ta medalni qo‘lga kiritdi.

Яна ўқинг:  TIL O‘RGANISHNING SODDA USULLARI

Nufuzli xalqaro musobaqalarda shohsupaning yuqori pog‘onalarini zabt etib, hech kimdan kam bo‘lmagan millat farzandi ekanini isbotlayotgan sportchilar shijoati dilga ajib surur, iftixor bag‘ishlaydi. Istiqlol sharofati bilan qisqa davrda bolalar sporti sohasida tub o‘zgarish va yangilanishlar ro‘y berdiki, buning samarasini umidli sportchilarimiz hamda ularning muvaffaqiyatlari misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bu mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu niyat ila ro‘yobga chiqarilayotgan ishlar sport sohasidagi sa’y-harakatlar yuksak samara berayotganini tasdiqlaydi.

Xurshid XUDOYBERDIYEV,

Toshkent shahar, 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi uslubchisi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: