Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2012-48)

  • 23 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida huquq-tartibot organlari, davlat boshqaruvi idoralari, jamoat va nodavlat-notijorat tashkilotlarining Idoralararo hamda respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
  • O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Elektron ta’lim” Milliy tarmog‘idan foydalangan holda oliy ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamda ushbu sohaga malakali kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.
  • Toshkentda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati rivojlanishining bugungi holati va istiqbollari masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida VI xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi yakunlariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
  • Buxoro viloyatida joriy yilning 9 oyida 1,5 trillion so‘mlik sanoat muhsulotlari ishlab chiqarildi. Shuningdek, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida ishga tushirilgan o‘n bitta korxona tomonidan umumiy qiymati 47,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: