OAV, matbaa va noshirlik

Xalq tafakkurini yuksaltiruvchi asosiy vositalardan biridir

Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, zamonaviy ish yuritish tartiblarini joriy qilish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jarayonlari” mavzusidagi anjumanda bu boradagi amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash borasida qator strategik vazifalar belgilab berilganini alohida ta’kidlashdi.

Bugungi kunda axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta’minlash muhim vazifaga aylangan, O‘tgan yili milliy va xorijiy tajribalar asosida yosh jurnalistlarning malakasini oshirish, jurnalist va muharrirlar ishtirokida aholining siyosiy-huquqiy madaniyatini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib etish masalalari yuzasidan davra suhbatlari hamda 150 dan ziyod boshqa tadbirlar o‘tkazildi.

Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, bu yil respublikada yuzdan ziyod seminarlar, o‘quv-treninglar, o‘nta ko‘rik-tanlov o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida nashriyotlar va matbaa korxonalari faoliyati haqida ham so‘z yuritildi. Qayd etildiki, o‘tgan yili nashriyotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish maqsadida 23-24-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarda “Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” va “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Hozirgi paytda esa respublikada 108 ta nashriyot faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan har yili 2 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 40 million nusxadan ortiq kitoblar nashr etilmoqda. Shuningdek, joriy yilda yurtimizdagi istirohat bog‘larida ham kitob do‘konlari qurish rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida aholini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatidan doimiy xabardor qilib borish, tahliliy-tanqidiy yondashuvni kuchaytirish masalalari yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Bahodir HALIMOV

Яна ўқинг:  ВНИМАНИЕ ДОПИНГ!!!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: