Eng faol bolalar sporti targ‘ibotchisi

Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Bolalar va o‘smirlar, ayniqsa, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda sportning o‘rni beqiyosdir.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Eng faol bolalar sporti targ‘ibotchisi” tanlovining e’lon qilinishi ham bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yanada rivojlantirishga imkon yaratadi. Tanlov umumta’lim maktablarining 5-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sportga qiziqishni kuchaytirish, ularda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, buning uchun eng avvalo, oila, ta’lim muassasalari va mahallalarda tegishli shart-sharoit va ma’naviy muhit yaratish uchun keng qamrovli va ta’sirchan targ‘ibot ishlarini tashkil etish, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari, sport seksiyalari va to‘garaklari faoliyatini yanada jonlantirish, o‘quvchi-yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tanlov uch bosqichda – maktab, tuman (shahar) va viloyat miqyosida tashkil etiladi. Mazkur tanlov yil davomida o‘tkaziladi va unda o‘quvchilar sport salomatlikni mustahkamlashini targ‘ib qilish borasidagi insho, devoriy gazetalar, taqdimotlar, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallar, fotosuratlar, internet materiallari yo‘nalishlarida ishtirok etadi.

Tanlovning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 28 nafar ishtirokchi (har bir hududdan bir nafardan o‘g‘il bola va qiz bola) 2015-yil may oyida Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Umid nihollari – 2015” sport o‘yinlarida Xalq ta’limi vazirligi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining maxsus sertifikati va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Bolalar sportini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan pedagoglar va tanlovda o‘quvchisi faol ishtirok etgan sinf rahbarlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Яна ўқинг:  ОИВ вакцинаси синовда

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: