Suvda suzuvchi shahar

Italiyalik loyihachi Pyerpaolo Latssarini piramidalar shaklidagi binolardan iborat suvda suzuvchi butun boshli shahar yaratish g‘oyasini ilgari surmoqda.

Shahar o‘z aholisini oziq-ovqat, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. Bu aholi yashash punkti hali loyihada bo‘lib, unga “Wayaland”deb nom berilgan.

“Wayaland” shahridagi imoratlar har xil o‘lchamda bo‘lib, turli maqsadlar uchun quriladi. Xususan, binolar turar joy, mehmonxona, kinoteatr va odatiy shaharlardagi kabi imoratlar qad ko‘taradi. Shunda binolarning eng kattasi suv sathidan 30 metr baland bo‘ladi.

Suzuvchi modullarning konstruksiyasi shisha tola, uglerodli tola va metaldan tayyorlanadi. Binolar suzuvchi platformalar ustida qurilib, platformalarning ichi qo‘shimcha joy sifatida ombor, ishlab chiqarish, hattoki, turar joy maqsadlarida ham foydalanilishi mumkin. Umuman barcha imoratlar kater, yaxta va boshqa suzuvchi vositalar to‘xtashi mumkin bo‘lgan doklarga ega bo‘ladi. Binolarning tepa-sirtlari quyosh batareya panellari bilan qoplanadi. O‘z navbatida ular suv osti turbinalari bilan birga, shaharni elektr bilan ta’minlaydi.

Ayni vaqtda 350 ming yevro mablag‘ hisobiga qurilishi rejalashtirilayotgan shaharning birinchi modulini tiklash mumkin. Unda dastlab kichik mehmonxona quriladi. Unda mehmonlar bir kecha-kunduz yashash uchun 1000 yevro to‘lashlari lozim bo‘ladi. Shunday qilib, ishlab topilgan mablag‘ hisobiga “Wayaland”ning boshqa qismlari qurila boshlaydi va sekin-asta suvda suzuvchi shahar qad rostlaydi.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Kim, qayerda, qanday kutib oladi?!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: