Surunkali yaralarni davolovchi plastir yaratildi

Kaliforniya universiteti mutaxassislari tomonidan yarani tashqi ta’sirdan himoya qiluvchi, bitish jarayonini, haroratni, kislota miqdorini kuzatib boruvchi va antibiotik beruvchi plastir yaratildi.

Yarani bitishidagi asosiy ko‘rsatkich undagi pH miqdorini kamayishidan iborat. Agar bitish jarayoni me’yorda bo‘lsa, kislotalilik darajasi 5,5 dan 6,5 gachani tashkil qiladi.

Plastir 2 qavatdan iborat. Teriga yopishadigan qavat sefazolin antibiotigi bilan to‘ldirilgan kapsulali gidrogeldan iborat. Antibiotik tez quyilib ketmasligi uchun olimlar haroratning o‘zgarishi bilan qobiqni gidrofil holatdan gidrofob holatiga o‘tadigan polimerdan foydalanganlar.

Gidrogel bilan elektronika qavati aloqaga kirishadi. Aynan u preparatni nazorat ostida yuborilishiga javob beradi. Egiluvchan to‘shama polimer qavatda pH va harorat datchiklari, isitish moslamasi joylashgan. Agar pH darajasi ortsa, isitish moslamasi gidrogel haroratini oshiradi va natijada kapsuladan yaraga antibiotik o‘tkaziladi. Harorat datchigi eshtishni nazorat qiladi.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  OIV YUQMASLIGI UCHUN VOSITA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: