Hordiq chiqarishga mo‘ljallangan ish stuli

Dunyodagi millionlab insonlar kompyuterdan foydalanadi.

Tinimsiz o‘tirgan holda ishlash esa insonni jismoniy va ruhiy jihatdan toliqtiradi. Tabiiyki, bunday paytda odam biroz bo‘lsada, hordiq chiqarishni istaydi.

Zamonaviy texnologiya yangiliklaridan sanalmish “Office Chair Bed” stuli bilan siz ham kompyuterda ishlashingiz, ham hordiq chiqarishingiz mumkin.

Bir qarashda bu stul ham boshqalaridan aslo farq qilmaydi. Ammo uning asosiy xususiyati shundaki, u tez va oson yig‘iladigan, ofis uchun mo‘ljallangan krovatga aylanishi mumkin. Stulning orqa suyanchig‘i 180 darajagacha egiladi. Natijada unga suyangan holda bemalol yotish mumkin. Maxsus qismi orqali esa oyoqlarni uzatish imkoniyati mavjud.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Kanoechilarimizdan yana bir medal

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: