“TILSIZ YOV” – XOTIRJAMLIKKA G‘OV

Umr – bebaho ne’mat. Insonlar hayotining har bir onini mazmunli o‘tkazish maqsadida tinim bilmay mehnat qiladi. Biroq, ro‘zg‘or yumushlariga ovora bo‘lib ba’zan ogohlikka, atrof-muhitga e’tiborni unutamiz. Natijada o‘zimiz bilmagan holda ko‘ngilsiz hodisaga sababchi bo‘lib qolishimiz mumkin. Birgina xonadonimizda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik yong‘inni yuzaga keltirishi, oqibati ayanchli tugashi ham ehtimoldan xoli emas.

Yurtimizda har yili yong‘in xavfsizligi oyligi bo‘lib o‘tadi. Oylik davomida yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib boriladi. Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va unga qarashli tarmoqlar tomonidan o‘tgan yillar davomida respublikamiz hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, va ularni bartaraf etish borasida qator ishlar amalga oshirilayotir. Bu esa mamlakatimizda yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olmoqda.

“Tilsiz yov” – olov fasl tanlamaydi. Shu bois yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilsangiz davlat va shaxsiy mulkingizni, uy-joyingizni yong‘indan asragan, shuningdek, yaqinlaringiz va farzandlaringiz xavfsizligini ta’minlagan bo‘lasiz.

Rustam ISHPO‘LATOV,

Shayxontohur tumani IIB YOXB inspektori,serjant

Yana o‘qing:  Xivadagi mehr maskani

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: