KAKAO xotirani mustaxkamlaydi

Garvard universiteti tadqiqotchilari kakao tarkibida flavonoid moddasi borligini aniqlashdi. Ularning fikriga ko‘ra kakao iste’mol qilish xotirani mustahkamlar ekan.

Bu borada olimlar o‘rta yoshli ko‘ngilli qatnashchilar bilan birgalikda tadqiqot olib borishdi. Qatnashchilar kun davomida ikki stakan miqdorida issiq kakaoni bir oy mobaynida iste’mol qilib borishdi. Tekshiruvlar natijasi ijobiy yakunlandi. Unga ko‘ra har uch nafar qatnashchidan bir nafarining miya faoliyatida qon aylanish jarayoni yaxshilangani kuzatilgan.

Issiq kakao miya kasallik­lari rivojlanishini sekinlashtirib, asab tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar xavfini kamaytiradi. Olimlar qon-tomir tizimi xastaliklari, qonda tromb (qon laxtasi) paydo bo‘lishi, qon bosimining ko‘tarilishi va xolesterin miqdorining ortib ketishining oldini olishda flavonoid moddasi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deyishmoqda.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  OILALAR TINCHLIGI – VATAN TINCHLIGI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: