Dilbandingiz maktabga tayyormi?

Oila gulzor bo‘lsa, farzand – shu gulzorning muattar guli. Uning go‘zal tabassumi, shirin ovozi oilaning eng katta quvonchi, shodligidir. Go‘dakning hidi – jannat bo‘yi. Oila esa jamiyat hayotini olg‘a suruvchi, kelajak avlodlarni tarbiyalab kamol toptirish uchun mas’ul bo‘lgan tarbiya o‘chog‘idir. Shunday ekan, ota-onalarga bola tarbiyasi haqida kerakli bilim va tarbiya uslublari haqida keng ma’lumot berish muhim vazifalardan biri sanaladi.

Bola tarbiyasi jarayonida turli usullarni qo‘llash chuqur o‘ylab, ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rishni talab etadi. Go‘dakni komil inson etib kamol toptirish uchun sabr-toqat, mehnat va bolaga mehr-muhabbat talab etiladi. Ayniqsa, ularni maktabga tayyorlash jarayonini puxta olib borish kerak. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasining o‘rni beqiyos. Ammo ota-ona ham bunga befarq bo‘lishga haqqi yo‘q. Bu haqida psixologlarning fikri ham ahamiyatli.

Ularning ta’kidlashicha, 5-6 yoshdagi bolaning barcha sezgi organlari tuzilishi jihatidan to‘la rivojlangan bo‘ladi. Bu yoshdagi bola ichki dunyosini tuyg‘ular bilan kashf etadi. Bola olamida tuyg‘uning ahamiyati kattadir. Tegmagan narsasiga tegib, tatib ko‘rmaganini tatib, eshitmaganini eshitib, shu yo‘sinda u o‘z ongini shakllantirib, tasavvurini boyitib boradi. U o‘zi yoqtirgan o‘yin yoki mashg‘ulot ustida soatlab o‘tirishi mumkin. Shuningdek, bu yoshdagi bolalarda ko‘proq obrazli xotira rivojlangan bo‘lib, ular eshitgan narsalariga nisbatan bevosita ko‘rgan narsalarini yaxshi eslab qoladi.

Bola maktab yoshiga yetgach esa o‘zi bemalol o‘tirib yozadi, harflarni o‘qiy oladi. O‘qishni yaxshi biladigan, qo‘shish va ayirishdan xabari bor bolada ham darsda o‘zini qanday tutishi, partadoshi bilan muloqot qilish kabi muammolar qiyin kechishi mumkin. Maktabda o‘qishning boshlanishi esa har bir bola uchun stress holatiga aylanadi.

Bolaning psixik xususiyatlari haqida aytadigan bo‘lsak, xotira, idrok, fikrlash qobiliyati va tafakkurning ma’lum bir rivojlanish darajasidagina bolani maktabga tayyor deyish mumkin. Maktabga tayyor bola o‘z faoliyatini rejalashtirishni biladi. U o‘z oldiga maqsad qo‘ya oladi va unga erishishga intiladi. Psixologik tayyorgarlikni qachon boshlash kerak? Hozirgi paytda har bir bog‘cha, maktab va poliklinikalarda psixolog mavjud. Bola maktabga borishidan bir yil oldin psixolog qabulida bo‘ling. Bunda xato va kamchiliklarni bilish va ular ustida ishlash oson bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Oqsilga boy bo‘lgan 10 mahsulot

Psixoterapevt Zebo AHMEDOVA tavsiyalari asosida Nargiza UGLAMOVAtayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: