Tadqiqot: o‘zini passiv deb hisoblash umrni qisqartiradi

Stenford universitetida o‘tkazilgan yangi tadqiqot o‘zlarini boshqalarga nisbatan passiv deb o‘ylaydigan odamlarda bevaqt o‘lim xavfi yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi. Olimlar 60000 dan ziyod AQSHlik o‘smirlarning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ishtirokchilarni 21 yil davomida nazorat qilib borildi, deb xabar beradi UPI.com.

Natijada o‘zlarini tengdoshlariga nisbatan passiv hisoblaydigan kishilar orasida o‘zini aktiv deb sanaydiganlarga nisbatan o‘lim 71 foiz ko‘proq kuzatildi. Qatnashchilarning haqiqiy faollik darajasi esa o‘xshash edi. Olimlar jismoniy faollik haqidagi ijobiy fikrlar jismoniy faollikning o‘zi kabi ahamiyatli ekanini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, Frayburg universitetida o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy mashqlarning foydasiga ishonish mashg‘ulot samarasini oshiradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  ShIFOBAXSH MUSIQA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: