Planshet – kosmetolog

Tayvanlik IT-kompaniya bosh direktori Saymon Shendoimo go‘zal bo‘lib qolishni istagan xonimlar uchun ovozli “kuzgu” yaratdi.

Ushbu planshet “HiMirror Mini Premium” deb nomlanib, unda sensorli ekran va yuqori tiniqlikdagi kamera mavjud. U nafaqat “ko‘zgu”ga qarayotgan kishi yuzini aks ettiradi, balki aksda qo‘llash uchun tavsiya etiladigan effektlar taqdim etiladi. Planshetning o‘ziga xos jihati shundaki, unga ajin, teridagi dog‘lar, qizarishlar, yuzning za’faronligi va boshqa shu kabi o‘nga yaqin kosmetik nuqsonni aniqlaydigan “Skin Analysis Engine X” maxsus xizmati o‘rnatilgan. Bularning hammasini ekranda ko‘rish mumkin.

Bu “ko‘zgu” nafaqat yuzdagi kosmetik kamchilik­larni ko‘rsatadi, balki ularni bartaraf qilish vositalarini taklif qiladi, makiyaj yordamida ularni  berkitish mumkinligi haqida maslahat beradi. Qolaversa, planshet xotirasiga makiyaj yaratishning beshta ssenariysi kiritilgan.

Ushbu shaxsiy elektron kosmetolog joriy yilning noyabr oyidan boshlab 300 AQSH dollari atrofida sotuvga chiqariladi.

D.Azimova

Yana o‘qing:  Miyani quvvatlantirish uchun 5 ta foydali mashg‘ulot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: