NONUSHTA QILMASLIK INSULT XAVFINI OSHIRADI

Yaponiyada istiqomat qiluvchi 45 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘rtasida tadqiqot olib borildi. 15 yil davomida olib borilgan mazkur tadqiqotda 82 ming nafar erkak va ayol qatnashdi.

Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra 3 ming 772 nafar og‘ir holatdagi insult xastaligi bilan og‘rigan hamda 1 ming 51 nafar miyasiga qon quyilishi natijasida og‘ir ahvolga tushib qolgan bemorlar kuzatilgan. Ulardan 870 nafarida esa yurak ishemik kasalliklari aniqlangan.

Osaka universiteti olimlari olib borgan tahlil natijalariga ko‘ra ba’zi insonlarda odat tusiga aylanib qolayogan nonushta qilmaslik holati boshqalarga qaraganda insult (ayniqsa, gemorragik insult) va yurak xastaliklarini vujudga kelishiga keng yo‘l ochib berar ekan. Olimlarning so‘zlariga qaraganda qon bosimi ertalablari, ayniqsa, yuqori darajada bo‘ladi. Ammo ovqatlangandan keyin uning me’yorlashgani kuzatilar ekan.

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  ONA VA BOLA hamisha e’tiborda, e’zozda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: