Inson ongi miya o‘limidan keyin ham ishlashi aniqlandi

Buyuk Britaniyaning Sautgempton univesiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, inson ongi miya o‘limidan keyin ham bir necha daqiqa davomida ishlashi mumkinligi aniqlandi, deb xabar bermoqda  The Telegraph nashri ma’lumotiga asoslanib sof.uz.

Bu tadqiqot o‘z yo‘nalishida eng yirigidir. Britaniyalik mutaxassislar 4 yil davomida Buyuk Britaniya, Avstriya va AQSHdagi 15 ta shifoxonada yuraklari to‘xtab qolgan ikki mingdan ortiq kishilar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqqan. Hayotga qaytganlarning taxminan 40 foizi yurak to‘xtashi va uning qayta ishga tushishi orasida u yoki bu darajadagi onglilikni tasvirlab bergan.

Tadqiqot mualliflaridan birining ta’kidlashicha, yurak urishi to‘xtagach, miya ham ishlamay qo‘yadi. Biroq yurak to‘xtashidan 20-30 sekunddan keyin miya ham to‘xtashiga qaramay, ong uch daqiqadan kam bo‘lmagan muddatda ishlashda davom etgan. Mijozlar klinik o‘lim yuz bergandan keyin xonada bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib bera olgani olimlarning bunday xulosaga kelishlariga sabab bo‘lgan.

Yana o‘qing:  “Shirin” kasallikning achchiq oqibatlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: