O‘lkani o‘rganish muzeyi – ulkan taassurotlar majmui

Muzeylar – madaniy-tarixiy va tabiiy-ilmiy qadriyatlarni mushohada qilishga mo‘ljallangan ijtimoiy axborot institutini o‘zida namoyon etadi.

Ular kerakli ashyolarini axborot vositasi sifatida muhofaza qilish, to‘plash va tarqatish, jamiyatning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiluvchi ixtisoslashtirilgan madaniy-ma’rifiy muassasalar hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda muzeylar faoliyatini takomillashtirish borasida qilingan ezgu sa’y-harakatlar xalqimiz, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, ona Vatanga mehr-muhabbat ruhida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.

Namangan viloyati o‘lkani o‘rganish muzeyi 1920 yilda tashkil etilgan. Markaz jamoasi soha rivoji yo‘lida qabul qilinayotgan qaror va qonunlar asosida muassasa faoliyatini zamon talablari asosida rivojlantirish, uni respublika muzeylari orasida o‘z o‘rni, nufuziga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida qator izlanishlar olib bormoqda.

Hozirgi kunda bu yerda 66 mingdan ziyod eksponat saqlanadi.

Ushbu maskanga viloyat aholisidan tashqari mamlakatimizning boshqa hududlaridan mehmonlar, qolaversa, chet ellik sayyohlar muntazam tashrif buyurishadi.

Bilsangiz, Namangan viloyatining Jomasho‘y-Shahand avtomagistral yo‘lida, Sirdaryoning o‘ng sohili bo‘ylab Sharqdan-g‘arbga yastangan, asrlar osha sukut saqlab, o‘z tadqiqotchilarini kutib yotgan qadimiy shahar xarobalari mavjud. Bu arxeologik yodgorlik xalq tilida eski “Axsi” yoki “Axsi” nomi bilan atalib kelinadi. Eramizning XIII asrigacha yozma tarixiy manbalarda Axsikat va Axsikent deb tilga olingan bu ko‘hna shahar bugungi Axsikent shahar xarobalaridir. Bu yerdan topilgan sopol buyumlar, bandli sopol xum, moychiroqlar, sopol xumcha, bandli sopol xumcha, sopol piyola parchasi, sopol ko‘zalar muzey ekspozitsion zalidan joy olgan. Shuningdek, muzey zallarini aylanarkansiz, “Munchoqtepa” yodgorligi va boshqa tarixiy manzillardan topilgan turli taqinchoqlar, tangalar, sopol buyumdan ishlangan ko‘za, lagan kabi eksponatlarni uchratasiz.

– Muzeyimizda o‘lkamiz tabiati, tarixiy yodgorliklar, me’morchilik, amaliy san’at, tibbiyot, madaniy hayotni aks ettiruvchi eksponatlar jamlangan, – deydi muassasa direktori Ibrohimjon Yusupov. – Kirib kelgan yangi yilda muzey faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida bir qancha ishlar rejalashtirilmoqda. Xususan, sensorli kiosk bilan barcha ko‘rgazma zallarini ta’minlash, aholi qo‘lida saqlanayotgan, tariximizni o‘zida aks ettirgan nodir va noyob eksponatlarni markazimizga olib kelish asosiy vazifalarimizdan sanaladi. Shu bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan risolalar, kitoblar va monografiyalarni chop ettirish, ilmiy xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ham maqsad qilganmiz.

Yana o‘qing:  Farzandlar salomatligi – dilimiz halovati

Bugungi kunda respublikada yuzga yaqin muzeylar faoliyat yuritmoqda. Ular orasida Namangan viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyi ajdodlar merosini saqlaydigan, avlodlar qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini shakllantiruvchi yetakchi maskanlar sirasiga kiradi.

 

Charos XUSHVAQTOVA

“Sog‘lom avlod”a muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: