Murabbiylarimdan cheksiz minnatdorman

Sportning taekvondo (WTF) turi bilan 10 yildan beri shug‘ullanib kelaman. O‘tgan yillar davomida yurtimiz va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazilgan yirik musobaqalarda bir necha bor faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdim.

Jumladan, shu yil Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi ”Islom birdamlik o‘yinlari”da oltin, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lishim sportchi sifatida o‘zimga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.

Shu o‘rinda sportchining erishgan va erishajak yutuqlarida murabbiyning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidlashni istardim. Agar ustoz shogirdini nafaqat musobaqada, balki mashg‘ulotlar jarayonida ham to‘laqonli his eta olsa, bu sportchining haqiqiy baxti, yutug‘idir.

Ana shunday baxtga sazovor sportchi ekanimdan qalbimda doimo faxr hissini tuyaman. Ustozim Pavel Xan shogirdlarining ichki kechinmalarini tushuna oladigan, har qanday holatda ham bizlarni qo‘llab-quvvatlaydigan murabbiylar sirasiga kiradi. Musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritsak, bizdan ko‘ra ko‘proq xursand bo‘ladi.

Shu bilan bir qatorda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Akmal Ergashev hamda sportga kirib kelganimdan beri menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib kelayotgan Abduvohid Rahimovning erishgan yutuqlarimda hissasi katta. Sportdagi barcha muvaffaqiyatlarim uchun ulardan cheksiz minnatdorman.

Shu o‘rinda biz yosh sportchilarni jahon tatamilarida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishimizda o‘zining cheksiz va beminnat xizmatini ayamayotgan barcha ustoz va murabbiylarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan chin dildan muborakbod etaman!

 

Niyoz PO‘LATOV,

Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi

Yana o‘qing:  Maqom ohanglari ruhi va falsafasi qalblardan joy oldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: