G`alabaga qodir yigit

O'zbek sporti – Kurash dunyoning bir necha davlatlarida targ'ibot qilinib, xorij va mamlakatimizning bir necha hududlarida Prezident sovrini uchun xalqaro turnirlar tashkil etildi. Shuningdek, ushbu milliy sport turiga yoshlarni keng jalb etish, ularni bu sohada qiziqtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilib, zarur shart-sharoitlar amalga oshirilmoqda. Bu sa'y-harakatlar bejizga emas. Zero, yurtimiz o'tmishida o'tgan, kuragi yer ko'rmagan polvonlarning mardonavor kuch sinashishlari dunyoga ma'lum va mashhurdir.

Zangiota tumani Ko'ksaroy mahallasida 1996-yilda tavallud topgan Sardorbek Qayumov ham istiqlol yaratib bergan keng imkoniyatlardan foydalanib, o'z iqtidori va iste'dodini namoyish etayotgan baxtli yoshlardan biridir.

Kurash arenalarida o'z kuchini sinayotgan polvonlarning salobati, kuchi, shuningdek, kurashning jozibasi, o'n bir yoshli Sardorbekni sportning shu turida o'z taqdirini bog'lab, kuchi va irodasini toblamoqqa azmu qaror qilgan bo'lsa ajab emas. Tumandagi «Turon» yakka kurash jamoasida 2007-yildan beri ishtirok etib yosh bo'lishiga qaramasdan ustoz kabi sharafli nomga ega bo'lib, yoshlarga saboq berayotgan Mahfuza Abdullayeva uchun yosh polvon sevimli, udaburro hara­katchan shogirdi sifatida qadrli bo'ldi. Ha, yigitcha tanlovda adashmadi. Yosh polvon asta sekinlik bilan kurash sahnalarida yaxshi natijalarini qo'lga kirita boshladi. Tumanda o'tkazilgan kichik musobaqalardagi g'alabasi bora-bora katta g'alabalarga yo'l ochdi. 2010-yilda Qashqadaryo viloyatida bo'lib o'tgan Turon yakka kurashi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi chempionatida birinchi o'rinni egalladi. Shu yili bo'lib o'tgan «Barkamol avlod» sport musobaqalarida qo'lga kiritgan yuqori natija ham egiz g'alaba bo'ldi. Keyinchalik Sardorbek ko'plab, turli musobaqalarda ishtirok etib, yaxshi natijalarni qo'lga kiritib, o'z tajriba mahoratini oshira boshladi.

– Biz kabi yosh sportchilar uchun turli musobaqlarda muntazam ishtirok etib, turli raqiblar bilan kuch sinashimiz o'z mahoratimizni orttirishimizda juda katta ahamiyat kasb etadi. Anashu qo'lga kiritilgan natijalar asnosida biz o'z xato va kamchiliklarimizni o'rganib olamiz, – deydi Sardorbek.

Yosh sportchi ham ko'plab musobaqlarda ishtirok etib. Kuchli uchlikdan o'rin egalladi. Har bir musobaqa S. Qayumov uchun mahorat maktabi bo'ldi. Natijada 2010-yil oxirlariga kelib, yigitcha Farg'onada bo'lib o'tgan respublika chempionatida ham yuqori o'rinni qo'lga kiritdi.

Яна ўқинг:  To'lqinjonning bobosi

2011-yilda Qozog'iston Res­publikasining Sayram shahrida bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati Sardorbek Qayumov uchun to'plagan barcha tajribasini sinovdan o'tkazadigan haqiqiy sinov maydoniga aylandi. Navbatdagi kurash unga yana bir bor g'oliblikni tuhfa etdi.

Bu yil esa sportchimiz Termiz shahrida bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi respublika ochiq chempionatida ham yaxshi natijaga erishdi. Ayni damda 19-iyul kunida Bekobod shahrida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi chempionatga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Yosh polvonning ta'kidlashicha, har bir kuch sinash arafasida birin-ketin maydonga chiqib kelayotgan kuchli raqiblar salobati uni biroz hushyor torttirsada, o'ziga ishonar ekan. Zero, uning aytishicha, ustozining o'gitlari, otasi – Rixsivoy aka, onasi – Shoira opalarning bergan oq fotihasi va ishonchi unga madad hamda ma'naviy kuch bo'lib qoladi.

Ma'rifat TOLIPOVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: