FAROVONLIK VA OBODLIK YO’LIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan bu yili davlat subsidiyasi, ijtimoiy buyurtmalar, grantlar uchun 6 milliard so‘m ajratilgan. Undan 2,13 milliardi davlat subsidiyasi uchun, 1, 074 millardi ijtimoiy buyurtmalar uchun, 2 milliard 626 millioni ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar uchun ajratildi. 7 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov o‘tkazdi. Har bir loyihaga 15 million ajratildi” – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputati Oyisha Oxunova.

Bizning tashkilotimiz ham o‘tgan yili Fond tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan edi. “Oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish maqsadida Urganch shahridagi “Feruz” va “Tozabog‘” mahallalarining ishsiz ayollariga qisqa o‘quv kurslarida hunar o‘rgatish va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish” mavzuidagi loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirgan edik.

“Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh va erta tug‘ishning oldini olishda, yoshlarni yuksak odob-ahloq tamoyillari asosida tarbiyalashda oila, maktab va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash” mavzuidagi ikkinchi loyihamizda ham xuddi o‘sha “Tozabog‘”, “Feruz”, “Umid” mahallalarida faoliyat yuritayapmiz.

Maqsadimiz – jamiyatda xotin-qizlar, yoshlar faolligini oshirishga ko‘maklashish, vujudga kelayotgan muammolarning yechimini topishga yordam berish, xotin-qizlar qo‘mitalari, davlat muassasalari, boshqa jamoat tashkilotlari, NNT lar bilan manfaatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatgan holda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, onalar va ularning farzandlarini himoya etish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishdan iborat.

Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda tashkilotimiz viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, Urganch shahridagi “Feruz”, “Binokor”, “Navbahor”, “Tozabog‘”, “Umid” mahallalari bilan muntazam ravishda o‘zaro hamkorlik qilib kelyapti. O‘tgan davrlarda “Navbahor” mahallasining kam ta’minlagan oilalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarga tikuvchilik hunari o‘rgatildi. “Tozabog‘” mahallasining ijtimoiy himoyaga muhtoj oila bolalariga esa kompyuter saboqlaridan ta’lim berildi. Shuningdek, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi bilan hamkorlikda “Jurnalistlarni kompyuter va internetga o‘qitish” mavzusidagi loyiha amalga oshirildi. Loyiha natijasida 65 nafar jurnalist malaka oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Markaz tomonidan ishlab chiqilayotgan qator loyihalar asosan uyi va ro‘zg‘oridan ortib, biron foydali ishga jalb qilinmagan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning hayotdagi faolligini oshirishga, xuquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan. Ushbu mahalla xotin-qizlari loyiha doirasidagi faoliyatda olti oy davomida tikuvchilik, kashtachilik, biser to‘qish, qo‘lda kiyim to‘qish va qandolatchilik sir-asrorlarini o‘rganishdi. O‘quv kursi yakunida “Biznesni qanday boshlamoq kerak?” mavzu doirasida bir kunlik seminarda ham ishtirok qildilar. Bunday seminarlar ayollarga o‘rgangan hunarini hayotda qo‘llay bilishlariga yordam beradi. Ularda o‘ziga ishonch, yaqin kishilariga nafi tegayotganidan quvonish tuyg‘usi qaror topdi.

Yana o‘qing:  Yagonam

Sa’y-harakatlarimiz samara beryapti. Boshqa mahallalarning ayollari ham markazimizga murojaat qilib, hunar o‘rganish istagini bildiryaptilar. Xayrli va ezgu ishlarning tashabbuskori, ijodkori nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan mahallalar, ta’lim muassasalarining hamkorligi natijasida insonlar manfaat ko‘rayapti va oilalar obod bo‘lyapti.

D.BEKJONOVA,

Urganch shahri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: