Baxtiyor muallima

Ayol! Volidayi muhtarama. U fusunkor qalb egasi. Tunu kun farzandlari boshida parvona bo‘lib, ularning ertasi uchun yonib yashaydi.

Hakima Izbosarova ham ana shunday mehridaryo, ijodkor ayollardan biri. Uning Vatanga muhabbat, insonlarga hurmat, odamiylik fazilatlarini ulug‘lovchi she’rlari samimiyligi bilan ajralib turadi.

Maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq o‘qituvchi bo‘lishni orzulagan Hakima Izbosarova ustozlarining o‘gitlarini diliga tugib borar, o‘z iqtidori bilan dugonalaridan ajralib turardi. U o‘qituvchi degan sharafli nomga ega bo‘lish uchun tinmay o‘qib-izlanish zarurligini chin dildan his qilardi. Maktabni a’lo baholarga tamomlagan Hakima Samarqand pedagogika kollejini imtiyozli diplom bilan tugatib, Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil oladi. Institutni tamomolab, o‘zi o‘qigan kollejda o‘qituvchi bo‘lib ish boshlagan kezlarida bu kasbning sir-asrorini puxta egallay boshladi. Hakima opa keyinchalik ish faoliyatini Nurota tumanining Behibaland qishlog‘idagi 7-umumta’lim maktabida davom ettirdi.

1996 yilda Hakima opa Nurota tumanidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktab-internatiga direktor lavozimiga tayinlanadi. Tinib-tinchimas ayol 1998 yildan boshlab to nafaqaga chiqqunga qadar yana qadrdon maktabida rahbarlik lavozimida ishladi.

– Besh nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im bilan birgalikda ularning barchasini o‘qimishli, el-yurt koriga yaraydigan qilib tarbiyaladik. Ikki nafar qizim izimdan borib, o‘qituvchilik kasbini tanlagan, – deydi Hakima opa. – Hayotimdan mamnunman. Ayol qaysi kasbda bo‘lmasin, avvalo, oilasi va farzandlari tarbiyasini birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim. Shundagina uning ishida unum, oilasida osoyishtalik bo‘ladi. Buni o‘z hayotim misolida guvohi bo‘ldim.

Tilagim, musaffo osmonimiz, osuda zaminimizga ko‘z tegmasin. Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!

Yosh avlod tarbiyasi yo‘lidagi samarali mehnatlari evaziga o‘tgan yili “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan opaning qalbida shogirdlariga bo‘lgan cheksiz mehr, mehnatiga bo‘lgan e’tibor va hurmat uchun Vatanga, yurtgan bo‘lgan e’zozi chegara bilmas edi.

J. HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Mehr ifori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: