Akademik ta’til qanday kasallik bilan og‘rigan talabaga beriladi?

Talabalik baxtiga erishish har bir o‘quvchining orzusi. Ammo shunday vaziyatlar ham kuzatiladiki, katta mehnat va bilim bilan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan talaba ma’lum sababga ko‘ra akademik ta’til olishga majbur bo‘ladi.

Shunday sabablardan biri kasallik tufaylidir. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 17 noyabrdagi ”O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan ayni shu masala qayta ko‘rib chiqildi.

Qanday kasallik bilan og‘rigan talabaga akademik ta’til beriladi?

Ushbu hujjat 2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Hujjatda ko‘pchilikni qiziqtirgan ma’lumot – ta’lim muassasalari talabalariga tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha akademik ta’til berishga oid kasalliklar ro‘yxatining yangi tahriri taqdim etildi. Ya’ni ilgari mazkur ro‘yxatda bo‘lmagan bir qator kasalliklar nomi kiritildi va ro‘yxatda mavjud bo‘lgan ba’zi kasalliklarning shakllari va darajalari aniq qayd etildi.

Mazkur ro‘yxat 22 turdagi kasallikdan iborat:

  1. Sil kasalligining faol va asoratlangan shakllari;
  2. Surunkali kechuvchi o‘pkaning nospetsifik kasalliklari bilan bog‘liq yurak-o‘pka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja),
  3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori bo‘yicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik o‘zgarishlari;
  4. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (xavfli gipertoniya);
  5. Hayot uchun xavfli yurak ritmi va uning o‘tkazuvchanligining buzilishi bilan kechuvchi holatlar: MAS sindromi, AV qamal II va III darajasi, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir daqiqada 50 va undan past bo‘lsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taxikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat);
  6. Barcha turdagi xavfli o‘sma kasalliklari (2 yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno);
  7. Turg‘un buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari;
  8. Statsionar sharoitda davolanish talab etiladigan me’da-ichak tizimi yara va yallig‘lanish kasalliklarining o‘tkir davri;
  9. Og‘ir va qo‘shma travmatik shikastlanishlar;
Yana o‘qing:  KELAJAK VORISLARI

10 . Statsionar sharoitda bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur bo‘lgan turli etiologiyali jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar sirrozi);

11 . Endokrin kasalliklarning og‘ir shakli (akromegaliya, diffuz toksik bo‘qoq, buyrak osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabetning birinchi turi, Isengo-Kushing kasalligi);

  1. Qon tizimi kasalliklari: o‘tkir va surunkali leykoz, idiopatik trombotsitopenik purpura, aplastik anemiya;
  2. Asab tizimining surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql-zakovatning chuqur va turg‘un buzilishi hamda psixologik buzilishlar;
  3. Shizofreniyaning barcha turlaridagi xuruj davri;
  4. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomator xurujlari bilan, shuningdek, ongning xiralashuvi va og‘ir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya, jumladan: kam takrorlanuvchi xurujlar bilan shaxs fe’l-atvorining chuqur o‘zgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya, epileptik psixozlar;
  5. Tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, manikal depressiv psixoz va tez-tez takrorlanuvchi manikal depressiv holatlar;
  6. Psixopatiyaning tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari;
  7. Og‘ir, surunkali kechuvchi teri kasalliklari: asoratlangan psoriaz, po‘rsildoq yara, Layell sindromi, Stivens-Jonson sindromi;
  8. Zahmning yuqumli bosqichi;
  9. Traxomaning I, II va III darajalari;
  10. Giyohvandlik, toksikomaniyaning barcha turlari (tamakiga tobelik bundan mustasno):
  11. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).

Ma’lumot uchun, talabaga salomatligini tiklash maqsadida beriladigan akademik ta’til u doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi komissiyasining xulosasi ilova qilingan arizaga ko‘ra 12 oy muddatga taqdim etilishi mumkin.

D. MIRTOLIPOVA tayyorladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: