Virtual qabulxona: muammolar o‘z yechimini topmoqda

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial iqtisodiy sohalardagi islohotlar to‘g‘risida xabardor qilib borish, muxtasar aytganda, bu borada axborot erkinligini ta’minlash demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti hisoblanadi.

Fuqarolarning bu boradagi huquqlari himoyasi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrda kuchga kirgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan mustahkamlandi. Chunki, qonun asosida ushbu sohadagi qonun buzilishi uchun javobgarlik belgilanib, davlat organlari va mansabdor shaxslarga murojaat qilish tartibi yanada aniqlashtirildi.

Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasi test rejimida ishlay boshladi. Virtual qabulxona manzili – pm. gov.uz.

Bosh vazirning virtual qabulxonasi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va shikoyatlarini qabul qiladi.

Veb-sayt foydalanuvchilari yuqoridagi manzilga kirib, maxsus shaklini to‘ldirish orqali o‘z arizalari, shikoyatlari va takliflarini qoldirishlari mumkin.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi qayd etilgan. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.

“Men bu yil ta’lim krediti olish uchun “Mikrokreditbank”ning Qumqo‘rg‘on tuman filialiga murojaat qilgan edim. Murojaatimni qabul qilishdi. Ular kafillarning majburiyatnomasini berishdi. Kafillarimning ishlash joyidagi mas’ul shaxslar majburiyatnomaga muhr qo‘yib berishdan bosh tortishdi. Eshitishni ham xohlamadi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining virtual qabulxonasiga murojaat qildim. Muammoimni o‘z vaqtida hal qilib bergani uchun ota-onam va oilam nomidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga va Virtual qabulxona xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman”, deya xat yo‘llagan Surxondayo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, “Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi Muhammadali Jo‘rayev.

Men tuman markaziy poliklinikasida bolalar jarrohlik xonasida hamshira bo‘lib ishlar edim. Bir muddat o‘ng chanoq son bo‘g‘imi sili bilan og‘ridim. Shu bois, bir yil kasallik varaqasi oldim.

Ishga qaytsam, arizamni qabul qilishmadi. Namangan viloyat silga qarshi dispanseridan ruxsatnoma olib keling, dedi. Ruxsatnomani olib kelsam ham ishga olishmadi. Vaqtincha joy yo‘q, deb meni sarson qilishdi. Qaramog‘imda uch nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im ishlamaydi. Men ham ishsiz qoldim.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga murojaatimdan so‘ng Namangan viloyati, Uychi tuman tibbiyot birlashmasining 2016 yil 15 oktyabrdagi 240-2 sonli buyrug‘i bilan tuman tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli poliklinikasiga kattalar jarrohlik xonasi hamshirasi vazifasiga 1,0 shtat birligida ishga qabul qilindim. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevga o‘z minnatdorligimni bildiraman, deya maktub yo‘llagan Namangan viloyati, Uychi tumanida yashovchi Habiba Qirg‘izova.

Shu o‘rinda yaqinda qabul qilingan “Elektron hukumat to‘g‘risida” gi qonun bu borada yana bir muhim qadam bo‘lgani va mamlaktimizning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta’minlashda muhim omil bo‘lganini ta’kidlash joiz. Bu fuqarolarni qarorlar qabul qilish jarayoniga faol jalb etish, axborotdan hamda zamonaviy davlat elektron xizmatlaridan foydalanish tizimlarini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-texnik sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Yana o‘qing:  Savodxonlik OAV nigohida: ilmiy-anjuman shu mavzuga bag‘ishlandi

So‘nggi yillarda jamoatchilikni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida, ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar haqida habardor qilishga qaratilgan mustahkam qonunchilik ba’zasi yaratilganini ta’kidlash joiz. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi imkoniyatlaridan to‘laqonli va maqsadli foydalanish uchun tavsiyalar:

  1. Bir murojaatda mazmuni bo‘yicha faqat bitta masala ko‘tarilgani ma’qul. Agar yechimini kutayotgan muammolar ko‘p bo‘lsa, ularning har birini alohida murojaat sifatida yuborish maqsadga muvofiq. Shunda masalaning tezkor yechimini nazorat qilish osonroq bo‘ladi.
  2. Murojaat matnini qisqa, lo‘nda va tushunarli qilib yozish kerak. Agar murojaat bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘lsa, murojaatchidan bemalol so‘rab olinishi mumkin.
  3. Agarda avval qaysidir davlat organiga murojaat qilingan bo‘lsa va u yerdagi mansabdor shaxs tomonidan masala joyida hal etilishi o‘rniga paysalga solingan yoqi ko‘pol muomala qilingan bo‘lsa, albatta ushbu shaxsning ism-sharifi va lavozimini ko‘rsating. Ana shunda mansabdor shaxsga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
  4. Agarda tegishli davlat organiga “ishonch telefoni” yoki internetdagi veb-sayti orqali avval murojaat qilgan bo‘lsangiz va u yordam bermagan bo‘lsa, bunday dalilni albatta ko‘rsating. Shunda o‘sha davlat organi o‘ziga tegishli xulosa chiqarishi hamda joylardagi ishonch telefonlari va veb-saytlarini to‘g‘ri ishlashi choralari ko‘riladi.
  5. Murojaatingizda imkoni boricha nimani so‘rayotganingizni aniq ko‘rsating.

 

  1. gov.uz portali manbalari asosida Charos XUSHVAQTOVA tayyorladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: