Tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi Federatsiyalar kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari Bahraynda o‘tkazilmoqda.

6-10 fevral kunlari o‘tkaziladigan mazkur musobaqaning qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Guruhda terma jamoamiz ilk uchrashuvni Livan termasiga qarshi o‘tkazmoqda.

Yakkalik bahslarining dastlabkisida yosh tennischimiz Yasmina Karimjonova livanlik Nensi Karakiyga qarshi kortga chiqib 6: 2,6: 0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ikkinchi uchrashuvda Xoda Habibni 6: 0,6: 1 hisobida yengdi.

Kecha O‘zbekiston va Livan terma jamoalari juftlik bahslarida kuch sinashdi. Unda Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova tandemi Sara Nassif va Nensi Karakiy bilan o‘zaro raqobatlashdi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda ilk masofaviy ta’lim oliygohi paydo bo‘ladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: