Pedagogika: ijodkorlik bilan uyg‘un

Pedagoglar zimmasidagi mas’uliyatlarni bajargan kishinigina haqiqiy pedagog deb atash mumkin. Buning uchun esa izlanish, intilish, ko‘proq o‘z ustida ishlash lozim bo‘ladi. Bu borada ayniqsa, pedagoglar o‘rtasida bilim va tajriba almashish eng qulay usuldir.

Quvonarlisi, shunday maqsad ko‘zda tutilgan tadbirlar viloyatlarda ko‘p bora o‘tkazilib turiladi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limida ham ko‘pgina ijodiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda tumanda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida «Ko‘rgazmali qurollar» mavzusida tanlov bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qatnashgan maktab o‘qituvchilari bilan o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yaratgan harakatli ko‘rgazmalar, mato parchalaridan yasalgan ko‘rgazmali qurollar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tanlovda qatnashgan maktablar orasida 51-maktab oliy o‘rinni egallab viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

DILSABO

Yana o‘qing:  HAMKORLIK ALOQALARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: