“Innoweek” – innovatsion g‘oyalar haftaligi boshlandi

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da 22-26 oktyabr kunlari xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlar ishtirokida “INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.

22 oktyabr kuni OAV vakillari ishtirokida poytaxtimizning Yoshlar press klubida press-brifing o‘tkazildi. Shu kuni jurnalistlar uchun Toshkent shahridagi innovatsion infratuzilmalar bo‘ylab (“Avtosanoat” innovatsion markazi, Genomika va bioinformatika markazi, D. M. S. innovatsion klinikasi, Ilg‘or texnologiyalar markazi) ekskursiya ham tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Avstriyaning Vena tibbiyot instituti hamkorligida yurtimizda ilk bor Toshkent shahrida 2 ta “VPPS 2010” ekologik gulchangi qopqonlari o‘rnatilgani munosabati bilan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu bilan endilikda poytaxtimiz aholisida mavsumiy allergiyalarni nazoratga olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunda hozircha poytaxtimizning ikki nuqtasiga o‘rnatilgan gulchangi monitoringi stansiyalari yordam beradi. Ayni kunlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Doktor Maqsudova nomidagi innovatsion klinikasi hamda Olmazor tumanidagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga o‘rnatilgan gulchangi qopqonlari gullagan o‘simliklarning changlariga bo‘lgan allergiyani nazorat qilish imkonini beradi.

23 oktyabr kuni Xalqaro innovatsion yarmarka ochildi. Mazkur xalqaro innovatsion investitsion forumda “2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi” mohiyatini ommaga yetkazish va O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.

“INNOWEEK”dan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat organlari, erkin iqtisodiy va kichik tadbirkorlik sub’yektlari, texnopark va xususiy tadbirkorlik muassasalari va shu bilan birga, iqtisodiyotning real sektorlari bilan ilmiy akademik va sanoat ilmiy tadqiqotchilik muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni chet elning yetakchi sarmoyador fondlari, innovatsion markazlari va boshqa tashkilotlari ishtirokida mustahkamlash, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni loyihalash, ishlab chiqish va joriy etishga sarmoyalarni keng jalb etish, davlat va xususiy sektorlardagi yutuq va ilm-fanni ichki va tashqi bozorda amalda samarali tatbiq etish, sanoat korxonalarini jadal takomillashtirishga, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy tadbirkorlar va investorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan mintaqaviy va xalqaro aloqalarni rivojlantirishdan iborat.

Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida keyingi kunlar ijtimoiy, moliya-bank, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyotning real sektori hamda davlat boshqaruvidagi innovatsiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan shartnoma asosida xarid qilish orqali tijorat yo‘nalishidagi ishlanmalarning namoyishi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Yana o‘qing:  Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi

Ushbu ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsiya jamg‘armalari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlari vakillari faol ishtirok etmoqda.

Mazkur Xalqaro innovatsion investitsion forumga Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozog‘iston, AQSH kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatlarining 53 ta nufuzli xalqaro tashkilot va kompaniya vakillari, ilm-fan va innovatsiyalar sohasining yetuk mutaxassislari tashrif buyurgan. Tashrif davomida mazkur tashkilotlar bilan vazirlik va vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar o‘rtasida 7 ta shartnoma va 21 ta memorandum imzolanadi.

“INNOWEEK” – innovatsion g‘oyalar haftaligi 26 oktyabrga qadar davom etadi.

 

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: