“InnoWeek-2018”: ikkinchi kun natijalari

2018 yilning 24 oktyabr kuni “O‘zekspomarkaz”da xorijiy ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion fondlari, texnologik agentliklari, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida “InnoWeek-2018” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini davom ettirdi.

Tadbirning birinchi kuni 1789 ta tashrif buyuruvchi kelgan bo‘lsa, 24 oktyabr kuni bu son 1600 tani tashkil etdi. Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, turli sohada faoliyat yurituvchi mutaxassilar va ommaviy axborot vositalari haftalikning ikkinchi kunida ham anchagina faol bo‘lishdi.

Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida Vazirlik va Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etgan “Innovatsion g‘oyalar banki” uchun respondentlar tomonidan 13 ta (23 oktyabr kuni 20 ta) g‘oya taklif etildi. Bular avtomobilsozlik, ipakchilik, elektr energiyasi va gaz ta’minoti sohalariga taalluqlidir.

Misol tariqasida, Toshkent shahri Uchtepa tumanidan tashrif buyurgan Xojibekov Nurbek tomonidan muqobil elektr energiyasi lokomotivi va motorini ishlab chiqish g‘oyasi taklif etildi. G‘oya egasi tomonidan Mazkur g‘oyani amalga oshirish uchun 200 ming AQSH dollari ketishi haqida ma’lumot berildi.

Xususan, Lotus Engineering kompaniyasiga startap loyihasi uchun loyihalar tanlovida ishtirok etish lozimligi tushuntirildi. Bundan tashqari, “Smart New Technologies Systems” tomonidan ishlab chiqilgan “IT Universitet” ta’lim muassasalari uchun ko‘p tarmoqli tizimni poytaxtimizda talabalar kontingenti ko‘p bo‘lgan 3-4 ta oliygohda sinab ko‘rish taklifi berildi.

Xalqaro innovatsion ko‘rgazmada tegishli muvofiqlikda joylashtirilgan innovatsion ishlanmalar va tijoratlashtirilgan ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalar bo‘yicha:

  • qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar – 14 ta; Ulardan biri Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi 5 ming tonna bug‘doy urug‘i tayyorlab beriilishi uchun qirg‘izistonlik va afg‘onistonlik hamkorlar bilan 20 mln. AQSH dollari miqdorida shartnoma imzolandi;
  • davlat boshqaruvida innovatsiyalar – 11 ta;
  • ijtimoiy sohadagi innovatsiyalar – 14 ta rezident;
  • iqtisodiyotning real sektoridagi innovatsiyalar – 11 ta; Ulardan biri “SELENGUR” MCHJ Germaniyaning ABM kompaniyasi bilan tuzilgan 9,4 mln. yevrodagi shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra turli xil transport vositalari uchun ehtiyot qismlari yetkazib beriladi. Shuningdek, “FAR-DRILLING CHEMICALS” MCHJ qozog‘istonlik hamkorlarga “FAR SPAS” nomli o‘t o‘chirish suyuqligi yetkazib berish uchun 250 mln. so‘mlik eksport shartnomasi tuzish borasida kelishib olgan. Shartnoma qisqa muddatlarda tuziladi va tegshishli turdagi mahsulotlar yetkazib berilishi choralari ko‘riladi4
  • tijoratlashtirilgan ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalar – 43 ta.
Yana o‘qing:  Barchasi bepul. Boliviyada yagona tibbiy tizim yo‘lga qo‘yilmoqda

Shuningdek, “ITTIFOQ” MCHJ va Koreya Respublikasining “HANWOORI Co. Ltd.” kompaniyasi bilan 3 mln. AQSH dollari miqdorida NACLE nomli mineral o‘g‘itlar eksporti borasida shartnoma imzolandi.

“Xalqaro savdo markazi” (ITC) binosida kunning birinchi yarmida “Agrar sohada innovatsiyalar” mavzusida ikkinchi sessiya o‘z ishini boshladi. Ram Sharma (Hindiston, “IKARDA” tashkiloti koordinatori), Aziz Nurbekov (FAO tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi), Quvonch Chinor (Turkiyaning Informascope kompaniyasi bosh direktori), Yu. Korolishin (Polshaning AgroJet Sp.z.o.o. kompaniyasi prezidenti), Evard Li (Agronomist Nirlab Cj. Ltd bosh direktori) kabi xorijlik va ikkita mahalliy mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Isroil davlatida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi haqida ma’ruza yuzasidan savol-javoblar ko‘proq bo‘lib, bu masala yurtimiz qishloq xo‘jaligida anchagina dolzarb mavzu ekanligi yana bir karra oydinlashdi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: