Hamyurtlarimiz Markaziy Osiyoda birinchi

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida ushu bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz ushu federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistondan kelgan ikki yuzdan ziyod sportchi o‘zaro g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqada Farhod Fayzullayev, Behruz Rasulov, Shohruh Islomov, Jalolxon Mamatov, Jamshid Sayfuddinov, Sabina Jo‘rayeva, Sevara To‘xtayeva mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni O‘zbekiston terma jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qozog‘istonlik ushuchilar ikkinchi, Qirg‘iziston terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Onalik va bolalik: O‘zbekiston tanlagan yo‘l yoxud dunyoda inqirozga yuz tutayotgan qadriyat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: