FOND faoliyatidan (2014/42)

Namangan viloyati fondning mintaqaviy filiali tomonidan “Pungon” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda Pungon, Mirzaorol, Yakkatut va Nayman qishloq vrachlik punktlarida yashovchi qishloq aholisi orasida tibbiy madaniyatni shakllantirish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni erta turmushga berishning oldini olish, qarindoshlar orasidagi nikohninig salbiy oqibatlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi masalalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahalliy aholi orasida mavzuga oid 5 ta davra suhbati tashkil etildi.

Andijon viloyati fondning mintaqaviy filiali viloyat Xalq ta’limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamoat fondi viloyat bo‘limi, cog‘liqni saqlash tizimi xodimlari ishtirokida Bo‘z tumanida nikoh yoshidagi o‘smir qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Shuningdek, “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”, “Qarindoshlar o‘rtasida nikoh nima uchun xavfli?” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyati fondning mintaqaviy filiali tomonidan Qiziltepa tumanining “Bo‘ston”, “Tavois”, “Xomrabot”, “G‘ardiyon” mahallalarida istiqomat qiluvi aholi o‘rtasida va Navoiy shahridagi Axborot texnologiyalari kollejida tahsil olayotgan talabalar va Qiziltepa tumanidagi 4-, 8-, 9-, 21-, 22– va 36-sonli umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Ta’limning majburiyligi va izchilligini ta’minlash” maqsadida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Buxoro viloyati fondning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan kasb-hunar kollejlarida “Erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari”, “Qarindoshga quda bo‘lmang!”, “Skrining tekshiruvini bilasizmi?”, “OITS nima?” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” fondi matbuot kotibi

Yana o‘qing:  Sport xabarlari (2014/42)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: