Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman

Atoqli shoira Zulfiya lirikasini o‘qiganda jo‘shqin ohanglari qalbga surur bag‘ishlaydi. Vatanni sevish, millat uchun jon kuydirish va oqibatda aynan shu millat va Vatan tomonidan ulug‘lanish, qadr topish, uning asl farzandi sifatida e’zozlanish hammaga ham nasib etavermaydi. Bu katta baxt. Shoira lirikasining hamon sevib o‘qilishi, ularning xalq mulkiga aylanganligi va Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’sis qilingani buning dalilidir.

Zulfiya siymosi aks ettirilgan maydonda mana bir necha yildirki, tadbir o‘tkazish an’anaga aylandi. Shoiraning haykali poyiga gullar qo‘yayotgan shogirdlari, muxlislari, safdoshlarini kuzatib, beixtiyor xayolimda shoiraning o‘tli satrlari jaranglaydi.

Bu oqshom porillar dil nuringizda,

Diydor baxti nasib yana Siz bilan.

Turibman, azizlar, huzuringizda

Hamon o‘tlig‘ ko‘ngil, yorug‘ yuz bilan.

Bu galgi an’anaviy tadbirni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, senator Farida Abdurahmonova ochib berdi.

Tantanada yoshlar tomonidan shoiraning bahor, Vatanga muhabbat, yoshlik, shodlik tarannum etilgan she’rlari yangradi. O‘zbek xalqining sevimli yozuvchisi Hamid Olimjon va Zulfiyaga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Tadbir yakunida Toshkent shahar hokimiyati va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nomidan shoira Zulfiya haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Sahnada shoiraning she’rlari jaranglayapti… Men esa birinchi marta shoira bilan uchrashgan payt­larimni, “Saodat” jurnaliga iymanibgina kirib borgan talabalik yillarimni, ustozning yosh va no‘noqqina bir jurnalistga bergan e’tiborini eslayman. Uyda farzandim bilan o‘tirganimda, katta umid bildirib, alohida huzuriga chorlab “Saodat” sahifalarida yoritgan “Abadiy tuyg‘ular”, “Harorat” kabi qatralar va hikoyamni o‘qib quvonganini eslayman.

Bu nazm bog‘iga kirolmas xazon,

Bizni madh etolmas zavol lashkari,

Men ketsam, mung‘aymas umrim hech qachon,

Bu bog‘lar-bir bog‘lar bo‘ladi hali…

Bu satrlar o‘zligini topgan, go‘zal she’riyatning, adabiyotning, Vatanning gullab yashnashiga, yurt kelajagiga ishongan shoiraning otash nafasidir.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Bahor timsoli – Ayol,Ayol – misoli bahor!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: