Arzon va sifatli dori-darmon. Islohotlar o‘z samarasini beryaptimi?

Inson salomatligini muhofazalashda zamonaviy tibbiy yordam bilan bir qatorda aholi va tibbiyot muassasalarini sifatli dori-darmon bilan ta’minlash muhim omil hisoblanadi.

Mamlakatimizda jadallik bilan amalga oshirilayotgan tibbiy-ijtimoiy islohotlarning bugungi bosqichida bu boradagi vazifalar ijrosiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xo‘sh, bunga erishilmoqdami? Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjmanida ushbu savol atrofidagi muhokamalar yig‘ilganlar diqqat-markazida bo‘ldi.

Xususan, keyingi ikki yilda sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida yigirmaga yaqin huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular asosida farmatsevtika tarmog‘ining davlat boshqaruvi tizimi qayta ko‘rib chiqilib, vazirlik huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi.

E’tiborli jihati, davlat tibbiyot tashkilotlariga dori vositalari va tibbiy buyumlar sotib olish uchun 2018 yilda 914,6 mlrd. so‘m, ya’ni 2017 yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda asosiy kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va klinik protokollar standartlarining yangi jadvali tasdiqlandi.

Ma’lumki, aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, samarali va shifobaxsh tibbiy vositalarni o‘zimizda ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. E’tiborli jihati, farmatsevtika sanoatiga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi sohaning istiqboldagi taraqqiyotini belgilashda muhim omil bo‘lmoqda.

Farmatsevtika korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy dori-darmonni aholiga yetkazib berish ham muhim vazifa. Ushbu maqsadda QVPlar, qishloq oilaviy poliklinikalari va boshqa birlamchi tibbiyot muassasalari qoshida ijtimoiy dorixonalar tashkil etilmoqda. Ayni paytda joylarda 2200 dan ortiq shunday dorixonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 13 ta “Isuzu” va 100 ta “Damas” rusumli mashinalarda ko‘chma dorixonalar olis va tog‘li hududlarda yashaydigan aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Do‘mboq bolaning salomatligi xavf ostida...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: