Jarohatlar ichak mikroflorasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi

Kaliforniya universiteti olimlari og‘ir jarohat olinganidan so‘ng uch hafta davomida ichaklar mikroflorasida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi.

O‘tkazilgan tadqiqotda 22 nafar odam qatnashdi. Ulardan o‘n ikkitasi og‘ir jarohat bilan travmatologiya markazining tez davolash bo‘limiga joylashtirilgan. Bemorlarning yoshi 20 dan 85 yoshgacha edi. Taqqoslash uchun tuzilgan guruhga esa jiddiy jarohat olmagan odamlar kiritildi.

Sinovdagi guruh ishtirokchilarining mikroflora tarkibi va bakteriya miqdorida sezilarli farq topilmadi. Jiddiy harohat olgan bemorlarda esa buning aksi bo‘ldi. Bu qisman sepsis (qonga kirgan zararli mikroblar tufayli butun organizmning zaharlanishi) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar mikrofloradagi o‘zgarish og‘ir jarohat olgan odamlarning ahvoliga ta’sir qilishini ta’kidlashmoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Onlayn-tanishuv kayfiyat buzilishiga sabab bo‘ladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: