Bosh og‘rig‘i ruhiy salomatlikka zarar yetkazadi

Bosh og‘rig‘i insonning ruhiy salomatligiga zarar yetkazadi. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan qattiq bosh og‘rig‘i) bezovtalik va depressiyaga olib kelishi mumkin. Uyqu muammolariga yo‘liqqan odamlar bosh og‘rig‘idan ko‘proq aziyat chekadi.

Migren – anchagina keng tarqalgan kasallik. Lekin olimlar unga aynan nima sabab bo‘lishini haligacha aytib bera olgani yo‘q. Migren xuruji ba’zan 72 soatgacha davom etadi.

Ma’lumki, bu kasallik qisman genetika bilan bog‘liq. Ruhiy siqilish, gormonal o‘zgarishlar, jismoniy faollik, hamda ayrim mahsulotlar migren xurujiga olib kelishi mumkin. Ba’zi mutaxassislar esa bu kasallik miya naychasi va asosiy nerv yo‘lining o‘zaro ta’siri tufayli yuzaga keladi, deb hisoblaydi. Shuningdek, migren vaqtida serotonin miqdori kamayadi. Ruhiy kasalliklar va migren o‘rtasidagi bog‘liqlikka serotonin muvozanatining buzilishi sabab bo‘lishi ham mumkin.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Nurafshon biomaydon himoyasida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: