Spirtli ichimliklardan tiyilish aritmiya xavfini kamaytiradi

Odam spirtli ichimliklardan o‘zini tiyib borsa, unda aritmiya (yurakning, tomirning notekis urishi) kasalligi xavfi kamayadi. Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan tadqiqot buni isbotladi. Mutaxassislar 15000 dan ziyod amerikalikning ma’lumotlarini 25 yil davomida tahlil qilib bordi.

Tadqiqot natijasida, spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qiluvchilar aritmiyaga moyil bo‘lishi aniqlandi. Lekin alkogol ichilmagan yillar davomida kasallik xavfi 20 foizga kamaydi.

Bundan oldin Michigan universiteti xodimlari uyqusizlik ham aritmiya xavfini oshirishini ma’lum qilgan edi. Uyqusizlikdan aziyat chekuvchilar bu kasallikka boshqa odamlardan ko‘ra 29 foiz ko‘proq yo‘liqadi. Olimlar uyqu kasalliklari vegetativ nerv sistemasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb xulosa chiqargandi. Bu sistema esa arteriya bosimi muvozanati va yurak qisqarishi chastotasini boshqarishda ishtirok etadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  FARZANDIM chet tilida gapira olishini xohlayman

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: