Kam uxlash xarakterning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi

Agar odamda surunkali kam uyqulik kuzatiladigan bo‘lsa, u albatta salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch keladi. Bu hali hammasi emas. Kaliforniyada o‘tkazilgan tadqiqot yetti soatdan kam uxlash xarakterni o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatdi.

“Agar bir marta yetti soatdan kam uxlashimizga to‘g‘ri kelsa, organizm va miyamizda takrorlanmaydigan o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Kuniga 5–6 soat uxlayman deydiganlar esa o‘zini va sog‘lig‘ini aldaydi. Dam olish kunlari miriqib uxlash ham ish kunlari davomidagi kam uyqulik o‘rnini to‘ldira olmaydi,” deb ta’kidlaydi mutaxassislar.

Tadqiqotchilar kam uxlash xotiraning pasayishi, diabet, saraton va Alsgeymer kasalliklarining rivojlanishiga ham olib kelishi mumkinligini tasdiqladi. Mutaxassislar uyquni yaxshilash uchun tunda qahva ichish, (uyquga yotishdan oldin kamida 1 soat) televizor, kompyuter, telefon ekranlariga qarashdan tiyilishni maslahat beradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Mutolaa shifo(mi?)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: