Atir-upa mahsulotlaridan ko‘p foydalanish sog‘liq uchun zarar

Mutaxassis Keyt Grenvill o‘tkazgan tadqiqot har uch odamdan bittasida atir-upa mahsulotlari tufayli bosh og‘rig‘i, astma, toshma kabi yoqimsiz simptomlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. 2014 yili o‘tkazilgan tadqiqot esa atir hid orqali yuzaga kelgan migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan qattiq bosh og‘rig‘i) kasalligining asosiy sababchisi ekanini isbotlagan edi, deb yozadi The Deccan Chronicle nashri.

Keyt Grenvill deyarli barcha atir-upa mahsulotlarida sun’iy kimyoviy moddalar bo‘lishini aniqladi. Hatto bunday mahsulotlar tarkibidagi tabiiy efir moyi ham zararli bo‘lishi mumkin.

Masalan, atirgul moyi tarkibidagi birikma allergik reaksiyani qo‘zg‘atadi, 1,8-sineol esa jigarga ziyon yetkazadi. Shuni ham ta’kidlash joizki, bu birikmalar ko‘p miqdorda ishlatilgandagina sog‘liqqa xavf soladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: