Soya yog‘i oziq moddalarining organizmga yaxshi singishini ta’minlaydi
Ayova universiteti olimlari soya yog‘i oziq moddalarini organizmga yaxshi singdirish xususiyatiga ega ekanini aniqladi. O‘tkazilgan tadqiqotda yosh ayollar ishtirok etdi. Ular turli miqdorda soya yog‘i qo‘shilgan salatlarni iste’mol qildilar.
Tekshiruvlardan so‘ng soya yog‘i salatga qancha ko‘p qo‘shilsa, oziq moddalari shuncha yaxshi o‘zlashishi ma’lum bo‘ldi. Xuddi shu turdagi yog‘ qo‘shilmagan salat yeyilganda, aksincha, oziq moddalari yaxshi xazm bo‘lmadi. Oziq moddalarining yuqori darajada singishi salatga 32 gramm (ikki osh qoshiqdan ko‘proq) soya yog‘i qo‘shilganida kuzatildi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.