Dunyo mamlakatlarida o‘quv yili qachondan boshlanadi?

Dunyoning turli mamlakatlarida o‘quv yili turli vaqtlarda boshlanadi. Ularning ayrimlari bilan tanishing.

  1. Yaponiya

Yaponiyalik o‘quvchilar birinchi sinfga aprel oyida, sakura daraxti gullagan paytda chiqishadi. Yaponlar uchun bahor – hayotning yangidan boshlanishidir. Shu sabab ular uchun ayni bahor mavsumi o‘qish uchun eng yaxshi davr sanaladi.

Yaponlar aytoydil o‘qishadi. Shu sabab ham ta’tilga o‘qish boshlanganidan 5 oy o‘tgach chiqishadi. Iyulning oxirida avgust oyi ta’til deb e’lon qilinadi va bir oy davomida o‘quvchilar hordiq chiqarishlari mumkin. Buning o‘ziga xos sababi ham bor. Bu mamlakatda avgust oyida namlik o‘ta yuqori, shu bilan birgalikda havo juda dim bo‘ladi.

O‘quvchilarning navbatdagi ta’tili dekabr oyiga to‘g‘ri keladi va u martgacha davom etadi.

  1. Hindiston

Hindistonda ham yangi o‘quv yili aprel oyida boshlanadi. Hindiston maktablarida faqat erkak o‘qituvchilar ta’lim beradi. Bu mamlakatda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning eng sevimli fani – matematikadir. Har bir maktabda bolalarning doimiy ravishda kiyib yuradigan maktab formasi mavjud. Bu formalarni ko‘rib bolaning qaysi maktabda ta’lim olayotganini bilish mumkin.

  1. Germaniya

Germaniya federativ davlatiga qarashli bo‘lgan 16 federal yerning o‘quv yiliga doir o‘ziga xos tartibi alohida qilib ishlab chiqilgan. Shu sabab mazkur davlatda o‘quv yili taxminan avgust-sentyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Germaniyadagi o‘rta maktab dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. O‘rta maktabning umumiy davomiyligi – 13 yilni tashkil etadi. Bolalar 6 yoshdan birinchi sinfga qadam qo‘yishadi, 10-12 yoshda o‘rta maktabga o‘tishadi va bu ta’lim 16 yoshgacha davom etadi. Ammo, bubilan o‘rta ta’lim butunlay tugadi degani emas.

  1. Ispaniya

Ispaniyada o‘quvchilar sentyabrning oxiri oktyabrning boshida maktabga borishadi. O‘quv yili iyun oyining o‘rtalarida nihoyasiga yetadi. O‘quvchilar 1 dan 10 gacha baholanadi. Ispan maktablarida kundaliklar yo‘q, daftarga baho qo‘yilmaydi, javob berish uchun o‘quvchi doskaga chiqmaydi. Bolaning maktabda erishgan yutuqlari yoki u duch kelayotgan muammolar o‘quvchining ota-onasini qiziqtirmasa ularga bu haqida hech kim xabar bermaydi.

  1. AQSH

Amerika maktablarida o‘quv yilining boshlanishi erkin ravishda belgilanadi. Biroq, qoidaga ko‘ra avgust yoki sentyabr oyining o‘rtalariga qadar, muayyan vaqt ichida maktab eshiklari ochilishi kerak.

  1. Afrika mamlakatlari
Yana o‘qing:  "Oy minorasi" – loyihalar sarasi

Ularda shunday qoida bor: 4 yoshga to‘lgan bola birinchi sinfga borishi mumkin! Biroq, maktab o‘quchisi bo‘lishdan oldin ularning tayyorgarlik darajasi va bilimi baholanadi. Agar bola harflarni ajrata olmasa, u maktabga qabul qilinmaydi. Shu sabab bolani maktabga olib borishdan oldin, uni tayyorlov kurslariga olib borishadi. U yerda esa uch yoshli bolalarga dars mashg‘ulotlari o‘yin tarzida olib boriladi. Afsuski, bu mamlakatlarda barcha bolalar ta’lim olmaydilar. Afrika mamlakatlarida ta’lim olish mujburiy emas.

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: