Olxo‘ri – mevalarning zo‘ri

Olxo‘ri sharbati kaliyga boyligi bois, shishlarni qaytaradi. Tarkibida vitaminlar va minerallar ko‘pligi jihatidan boshqa mevalar sharbatiga qaraganda oldingi o‘rinda turadi.

Mazkur sharbat beta-karotin va A vitaminiga juda boy. Yana uning tarkibida S, Ye, RR, V guruhiga mansub vitaminlar, shuningdek, makroelementlar – temir, rux, yod, marganets, xrom, ftor, kremniy, kobalt, nikel mavjud. 100 gr. olxo‘ri sharbatida 770 kkal mavjud. Shuningdek, unda yengil hazm bo‘ladigan qand, organik kislota, dag‘al tolali to‘qima (kletchatka), foydali uglevodlar, o‘simlik oqsili va kam miqdorda yog‘ uchraydi.

Agar ichagingiz “nozik” bo‘lsa, uni och qoringa ichish maqsadga muvofiq. Shunda ba’zi surgi giyohsharbatlarga o‘xshab uni og‘ritmaydi. Bu sharbat yaxshigina peshob haydovchi bo‘lgani uchun gipertoniyada, safro haydovchi sifatida o‘t qopi kasalliklarida ichish yaxshi samara beradi. Olxo‘ri sharbati organizmdagi ortiqcha xolesterinni ichakdan qonga so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uni tashqariga chiqarib yuboradi. Semizlikni oldini olishda yaxshi samara beradi. Biroq, haddan ortiq semizlikda naf bermaydi. Yuqori qon bosimi, buyrak kasalliklarida organizmdagi ortiqcha tuz va yog‘larni eritib yuboradi, shishlarni qaytaradi. Olxo‘ri sharbati (ayniqsa, uning to‘q ranglisi)tarkibida fitonsid ko‘pligi sababli me’da-ichak yo‘llari va og‘iz bo‘shlig‘ini infeksiyadan tozalaydi.

Sharbat tarkibidagi temir, S vitamini va organik kislota kamqonlikni davolashda muhim xususiyatga ega. Organizmni tozalash uchun och qoringa 1 stakan olxo‘ri sharbati ichishni tavsiya qilinadi. U nafaqat “yomon” xolesterinda, balki nurlanish, kanserogen va og‘ir metallar asoratidan xalos etadi. Sharbatdagi N vitamini esa qon quyulishini oldini olib, tomirlarni sog‘lomlashtiradi. Vitamin RR o‘z navbatida qon tomir devorlarini mustahkamlaydi. Sharbat tarkibi V vitaminiga boyligi uni muntazam ichib yurgan kishining asab tizimi ishini me’yorlashtiradi va boshqa tana a’zolari faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Vasila PO‘LATOVA tayyorladi.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqdagi a’zoligini tikladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: