Buxoroda turizm hududi barpo etiladi
2017–2019 yillar davomida “Qadimiy Buxoro” turizm hududini qurish loyihasini amalga oshirish uchun Buxoro shahridagi G‘ijduvon ko‘chasi va “Ko‘hna va boqiy Buxoro” madaniy-ma’rifiy kompleksi oralig‘ida 10,0 gektar yer maydoni ajratiladi.
Ushbu turizm hududini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasi xalqaro tajribani hisobga olgan holda uch oy muddatda ishlab chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “NBU Bukhara Invest” MCHJga loyihani amalga oshirish doirasida alohida ob’yektlar qurilishi uchun, shu jumladan, sarmoyadorlar ishtirokida 100 foizgacha ulushli korxonalar barpo etish huquqi berildi.