Yoshlar huquqlari bo‘yicha konferensiya
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish borasidagi taklifi yuzasidan kelib chiqadigan vazifalar atroflicha muhokama etildi.
Anjumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda madaniyat va san’at muassasalarining o‘rni, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, sohaga oid kadrlar tayyorlash kabi masalalar atroflicha muhomaka etildi.