Olimlar bosh miyadagi yangi uyqu markazini aniqlashdi
Aksariyat odamlar majlis, ma’ruza yoki shunga o‘xshash jarayonlarda beixtiyor ravishda mudray boshlaydi. Buning sababi charchoq yoki zerikishda emas. Zee News nashri xabar berishicha, bu holat motivatsiya bilan aloqador bo‘lgan neyronlarning faoliyatiga bog‘liq. Miyaning yondosh yadrosida joylashgan ushbu neyronlar uyquni keltirish xususiyatiga ega.
Mutaxassislar miyaning yondosh yadrosini tadqiq qilishdi va u xaqiqatan ham uyqu kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi isbotladi. Bunga o‘xshash ta’sirni adenozin birikmasi yondosh yadro vositasida ishlab chiqaradi. Adenozin quvvat yetishmovchiligini yuzaga keltiruvchi birikma hisoblanadi.
Odatda adenozin ma’lum retseptorlar tufayli uyquni paydo qiladi. Miyaning yondosh yadrosida esa bunday retseptorlar juda ko‘p bo‘ladi. Kofe ichilgan paytda kofein moddasi ushbu retseptorlarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi hisobiga uyqu qochadi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.