Tadqiqot: asal eng foydali mahsulot

Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, sog‘liqni sezilarli darajada yaxshilash uchun har kuni bir qoshiqdan asal iste’mol qilish yetarli ekan. Asal organizmdan zaharli moddalarni haydab chiqarish xususiyatiga ega.

Bundan tashqari, ushbu mahsulot bakteriyalarga qarshi kurashib, teri holatini yaxshilaydi. Ozishni xohlovchiarga ham asal tavsiya qilinadi. Asal tarkibida yig‘iladigan shakar shirinliklardagi shakardan farq qiladi. Asal moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, bu esa vaznning kamayishiga yordam beradi. Uning yana bir foydali jihatlaridan biri – xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Shuningdek, asal tomirlarni tozalaydi. Uning tarkibidagi tabiiy shakar yurak xurujining oldini olishi mumkin. O‘tkazilgan tajribalar tabiiy shakar arteriyadagi yog‘ ajralmalari miqdorini taxminan 30 foizga kamaytirishini ko‘rsatdi. Ya’ni u ateroskleroz, qon bosimining oshishi va jiddiy yurak kasalliklarining shakllanishi xavfini ancha kamaytiradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bahorning shirin tashvishlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: